Xavfsizlik
Ishonchli tanlov uchun aniq qoidalar
Tasdiqlash belgilarini tekshiring, shaxsiy ma’lumotlarni ehtiyot qiling va shubhali holatni bizga yuboring.
Muhim: kvartirani ko‘rmasdan depozit yoki ijara puli yubormang.
Tasdiqlash belgilari
Telegram, telefon, shaxs, talabalik va kvartira alohida tekshiriladi. Hujjatning o‘zi hech qachon public profilga chiqarilmaydi.
Manzil va telefon maxfiyligi
E’londa faqat taxminiy hudud ko‘rsatiladi. Aniq manzil va telefonni faqat ishonch hosil qilgach ulashing.
Uchrashuv xavfsizligi
- Birinchi ko‘rishga yolg‘iz bormang.
- Uy egasi yoki ijara huquqini tasdiqlovchi hujjatni ko‘ring.
- To‘lov uchun yozma tilxat yoki shartnoma talab qiling.
Shikoyat va bloklash
Soxta narx, boshqa uyga tegishli surat, spam yoki haqoratli xabarni report tugmasi orqali moderatorga yuboring.